Assalomu alaykum hurmatli o'quvchi. Hozirgi paytda hayotimizni ilg'or texnologiyalarsiz, ayniqsa, internetsiz tasavvur etish qiyin. Mubolag'asiz aytish mumkinki hozirgi paytda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan insonlar internet foydalanuvchilari hisoblanadi. Intenet o'zi katta tarmoq hisoblanib u saytlardan tashkil topadi. Hozirgi paytda oddiy insonlardan tortib katta korxonalargacha o'zining internetda shaxsiy sayti bo'lishini hoxlaydi. Internet sayt yasash asosini HTML tili tashkil etadi.
HTML- Hyper Text Markup Language - Giper Tekst Belgilash Tili (muallif tarjimasi) internet sayt yasash uchun skelet vazifasini bajaradi. Asosiy 20-30 buyruqlar (komandalar) yordamida saytning 80-85% qismi tayyorlanadi.
Hozirgi paytda HTML redaktorlar ihtiro qilinib ular sayt yasash ishini osonlashtirgan, lekin tajribali sayt loyihalovchilar (programmistlar) mazkur buyruqlarni qo'lda terib chiqishni afzal ko'radilar. Agar saytni o'z qo'lingiz bilan yasashga oz bo'lsada qiziqishingiz bo'lsa siz bilan birgalikda buni amalga oshirib ko'rishimiz mumkin.
1. Kompyuterda istalgan tekst redaktorini oching. Masalan, bu bloknot bo'lsin
2. Unda quyidagilarni yozing
Asosiy komandalar juft holatda bo'ladi ya'ni ochuvchi komanda <buyruq> va yopuvchi </buyruq>. Masalan, <html></html> <body></body> kabi. Mana birinchi sahifani ham yozib oldik. Yana davom ettirmoqchi bo'lsangiz keyingi sahifani o'qishingiz mumkin. O'ng tarafda sahifalar ro'yhati mavjud.
HTML- Hyper Text Markup Language - Giper Tekst Belgilash Tili (muallif tarjimasi) internet sayt yasash uchun skelet vazifasini bajaradi. Asosiy 20-30 buyruqlar (komandalar) yordamida saytning 80-85% qismi tayyorlanadi.
Hozirgi paytda HTML redaktorlar ihtiro qilinib ular sayt yasash ishini osonlashtirgan, lekin tajribali sayt loyihalovchilar (programmistlar) mazkur buyruqlarni qo'lda terib chiqishni afzal ko'radilar. Agar saytni o'z qo'lingiz bilan yasashga oz bo'lsada qiziqishingiz bo'lsa siz bilan birgalikda buni amalga oshirib ko'rishimiz mumkin.
1. Kompyuterda istalgan tekst redaktorini oching. Masalan, bu bloknot bo'lsin
2. Unda quyidagilarni yozing
<html> <head> <meta http-equiv="Content-Type" content="text/html; charset=utf-8"> <title>Mening birinchi web sahifam</title> </head> <body>
<h1>Sahifa nomi</h1> <p>Asosiy tekst.</p>
</body></html>
Buni yozib bo'lgach ushbu hujjatni kompyuteringizda sayt.html ko'rinishida saqlang.
Sizning ish stolingizsa (рабочий стол) sayt degan fayl paydo bo'lishi kerak. Shu faylni ochsangiz tahminan quyidagicha sayt ochiladi: