Hujjat matni - BODY tegi

Hujjat matni (hujjat tanasi deyish xam mumkin). BODY tegi



Web sahifani ochganimizda ko’zimizga ko’rinadigan barcha narsa <body> </body> teglari orasida joylashgan bo’ladi. Bunga matn, rasmlar, ish bajaruvchi scriptlar va shularning barchasini joylashtiruvchi teglar kiradi.

<body> tegining majburiy parametrlari yo’q, istalgan parametrni ishlatib, xohlamaganingizni ishlatmasligingiz mumkin.

Body tegining asosiy atributlari quyidagilardan iborat:

 bgcolor - matn foni rangini belgilab beradi. Brauzer odatda sahifa fonini to'laligicha oq rangga yoki brauzer sozlanmalarida belgilab qo'ygan rangga bo'yaydi. Agar bu rangni o'zgartirish kerak bo'lsa, aytaylik sahifa fonini qora rangga bo'yash kerak bo'lsa, quyidagicha yozish lozim:

<body bgcolor="black"> </body>

yoki

<body bgcolor="#000000"> </body>

Shu o'rinda rang berish masalasiga alohida to'xtalib o'tsak. Ranglarni htmlda ikki hil usulda belgilab berish mumkin. 1 - usul bu asosiy ro'yhatdan tanlab olish. Bu ro'yhatda 140 ta rang bo'lib, ular rang nomining ingliz tilidagi nomi bo'yicha, yoki oltita raqamli hex nomi bo'yicha yoziladi. Bu ranglar quyidagilardan iborat:



Bu ro'yxatdagi ranglar yana xavfsiz ranglar deb xam yuritiladi. Sababi ularni shu nom bilan belgilaganingizda har qanday brauzerda ular asli rangi bo'yicha ifodalanadi.

background

background atributi fonga rasm qo'yish imkonini beradi. Aytaylik, sizda http://mysite.uz/images/fon.jpg manzili bo'yicha joylashgan rasm bor. Siz bu rasmdan fon sifatida foydalanmoqchi bo'lsangiz quyidagicha yozish lozim:

<body backgound="http://mysite.uz/images/fon.jpg"> </body>
Bunda agar rasm kichik bo'lsa u eniga va bo'yiga qaytarilib butun sahifani egallab, o'ziga xos mozaikani tashkil qiladi. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий