Matnni formatlash teglari

Sarlavhalarni belgilab beruvchi teglar
<h1></h1>
<h2></h2>
<h3></h3>
<h4></h4>
<h5></h5>
<h6></h6>
Bu teglar matnni sarlavha sifatida ajtarib beradi. Har bir sarlavha yangi qatordan boshlanadi, semiz harflar bilan yoziladi va o’z kattaligiga ega (h1 eng kattasi h6 eng kichkina o’lchamli sarlavha hisoblanadi).
Bu teglar align parametri bilan qo’llanishi mumkin. U sarlavhani gorizontal qaysi tarafga qarab to’g’rilashni belgilab beradi. Align parametrining quyidagicha bo’lishi mumkin:
·      left – chapga
·      right – o’ngga
·      center – o’rtada
·      justify – matn eni bo’yicha
Misol:
<html>
<head>
     <title> HTML formatlari</title>
</head>
       <body>
           <h1> Bu birinchi kattalikdagi sarlavha</h1>
            <h2> Bu ikkinchi kattalikdagi sarlavha </h2>
            <h3> Bu uchinchi kattalikdagi sarlavha</h3>
            <h4 align =”right”>Bu to’rtinchi kattalikdagi sarlavha</h4>
            <h5 align=”center”> Bu beshinchi kattalikdagi sarlavha</h5>
            <h6 align=”justify”> Bu oltinchi kattalikdagi sarlavha<h6>
            Bu oddiy matn
       </body>
</html>
Baruzerda bu quyidagicha ko’rinadi:

Xat boshini belgilovchi va matnni kelasi qatorga tushirish uchun teglar.

<br> tegi matnni keying qatordan boshlaydi. Bu tegdan keyingi matn kelasi qatordan boshlanadi.
<p> </p> teglari matnni abzatslarga ajratadi. Har bir hat boshida <p> tegini yozish kerak. Yopuvchi tegni yozish majburiy emas. <br> tegidan farqli ravishda abzatslar orasida bo’sh qator bo’ladi.
<p> tegining align parametri bor bo’lib, u matnni paragraph ichida joylashtirish xolatini belgilab beradi. U quyidagi hususiyatlarga ega:
·        left – matn chap tomonda bo’ladi
·        right – matn o’ng tomonda bo’ladi
·        center – matn o’rtada bo’ladi
·        justify – matn oynaning kengligi bo’yicha yoyilgan bo’ladi
Misol:
<html>
            <head>
                        <title>HTML formatlashtirish</title>
            </head>
            <body>
            <p align=”left”> Bu abzats butun matndan tepa va pastki tomondan bo’sh qator bilan ajratilgan va sahifaning chap tomoniga yopishgan.</p>

            <p align=”right”> Bu abzats butun matndan tepa va pastki tomondan bo’sh qator bilan ajratilgan va sahifaning o’ng tomoniga yopishgan.</p> 

            <p align=”center”> Bu abzats butun matndan tepa va pastki tomondan bo’sh qator bilan ajratilgan va sahifaning o’rtasida joylashgan.</p> 
</body>
 </html>
Brauzer oynasida bu quyidagi ko’rinishda bo’ladi:

Matnni kursiv (yonboshlagan) xolatga o’tkazuvchi teglar

<cite></cite>
<dfn></dfn>
<em></em>
<i></i>
Bu teglar matnni yonboshlagan xolatga o’tkazadi, ammo ular buni har xil sabablarga ko’ra amalga oshiradi.
<cite></cite> tegi kitoblar, maqolalar va asarlardan olingan parchalarni ajratib ko’rsatish uchun ishlatiladi.
<dfn></dfn> teglari ma’lum so’z yoki iboraning izohini ajratib ko’rsatish uchun ishlatiladi.
<em></em>  va <i></i> teglari matndagi muhim joylarni ajratib ko’rsatish uchun ishlatiladi. Oxirgi teg <i></i> dan foydalanmagan ma’qul.
Misol:

<html>

   <head>
        <title>HTML da formatlashtirish</title>
   </head>

   <body>

       <cite>
        cite tegi ishlatilgan matn
       </cite><br>

       <dfn>
        dfn tegi ishlatilgan matn
       </dfn><br>

       <em>
        em tegi ishlatilgan matn
       </em><br>

       <i>
        i tegi ishlatilgan matn
       </i>
   </body>

</html>
Brauzerimizda bu quyidagi ko’rinishda namoyon bo’ladi:


Matnni semiz harflar bilan yozuvchi teglar
<strong></strong>
<b></b>
Bu teglar matnning muxim joylarini  semiz harflar bilan yozish uchun mo’ljallangan bo’lib, birinchi tegni ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Misol:
<html>

   <head>
        <title>HTML da formatlash</title>
   </head>

   <body>

       Bu oddiy matn<br>
      
       <strong>
        Bu strong tegi bilan ajratilgan matn
       </strong><br>

       <b>
        Bu matn b tegi bilan ajratib ko’rsatilgan
       </b>

   </body>

</html>    

Matnni ostki chiziq bilan ajratuvchi teglar
<ins></ins>
<u></u>
Bu ikkala teg matnning muhim bo’laklarini belgilab ko’rsatish uchun ishlatiladi, lekin birinchisini ishlatish maqsadga muvofiq keladi.  
Misol:
<html>

   <head>
        <title>HTML da formatlashtirish</title>
   </head>

   <body>

       Oddiy matn<br>

       <ins>
        ins teglari bilan ajratilgan matn
       </ins><br>

       <u>
        u teglari bilan ajratilgan matn
       </u>

   </body>


</html>

Комментариев нет:

Отправить комментарий