HEAD tegi

Hujjat nomi HEAD tegi va uning tarkibiy qismlari


Hujjat nomi faqat ma’lumot maqsadida foydalaniladi va tashqi ko’rinishga ta’sir etmaydi. Uning asosiy vazifasi foydalanuvchining brauzeri yoki serverga sizning hujjatingizni qanday ko’rsatish kerakligini ma’lumotini berishdan iborat.

Title

Hujjat nomining yagona majburiy elementi <title>   </title> teglari hisoblanadi. Bu teglar hujjat nomini belgilab berib u brauzerning yuqori qismida paydo bo’ladi. Masalan biz quyidagicha kod yozsak:
<html>
   <head>
        <title>Hujjat nomi</title>
   </head>
   <body>
        Hujjat matni
   </body>
</html>
u brauzerimizda quyidagi ko’rinishda namoyon bo’ladi:

    Sayt nomi uzunligi jihatidan cheklanmagan bo’lishi mumkin. Lekin amalda 60 ta belgidan oshmagani yaxshi. Hujjatga nom berishdan avval yahshilab o’ylab oling: sababi hujjat nomi uning ichidagi ma’lumot nima haqida ekanligini bildirgani kabi sayt optimizatsiyasi va saytni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Base

 <base> tegi yakka teglar sirasiga kirib, hujjatning to’liq URL-manzilini ko’rsatish uchun hizmat qiladi. Aytaylik, siz internetda sayr qilib yurib, qandaydir saytni keyinroq tanishib chiqish maqsadida kompyuteringizga saqlab oldingiz. Bunda saytdagi barcha rasmlar yo’qolib, ular ustida qizil X belgilar chiqib qoladi. Lekin agar hujjatda <base> tegi mavjud bo’lib, kompyuteringiz internetga ulangan bo’lsa, brauzer kerakli fayllarni qayerdan olish kerakligini biladi va rasmlarni yuklab olib ko’rsatadi.
Bu tegning bitta atributi bor. U ham bo’lsa href, u sahifaning internetdagi manzili hisoblanadi. Masalan:
<html>
   <head>
        <title>HTML tuzilmasi</title>
        <base href="http://www.my_site.uz/">
   </head>
   <body>
        Hujjat matni
   </body>
</html>

Link

Yakka teglar sirasiga kiruvchi <link> tegi hujjatga tashqi fayllarni ulash uchun kerak. Masalan siz sayt yasashda CSS (kaskadli yo’nalish tizimi) dan foydalanadigan bo’lsangiz, uni alohida fayl ko’rinishida saqlab, bu faylni saytning barcha sahifalariga bog’lash qulayroq.
<link> tegining bir qancha atributlari bor:
href – bog’lanadigan faylning URL-manzilini ko’rsatadi.
rel – mazkur hujjatning tashqi hujjatga bog’liqlik turini ko’rsatadi (masalan, rel=”stylesheet” bo’lsa, tashqi fayl joriy hujjatning stilini aniqlab berishini bildiradi).
type – biriktirilgan biriktirilgan kaskadli yo’nalish tizimining turi va parametrlarini aniqlaydi.
Misol:
<html>
   <head>
        <title>HTML tuzilishi</title>
        <base href="http://www.my_site.uz/">
        <link rel="stylesheet" type="text/css" href="style.css">
   </head>
   <body>
       Hujjat matni
   </body>
</html>

Meta       

Bu tegdagi ma’lumotlar HTMLga umuman aloqasi yo’q, lekin uni qo’llash bir qator masalalarni hal qilishda qo’l keladi:
- Sahifaning kodirovkasini belgilab berish, masalan, rus tilida windows kodirovkasini o’rnatish uchun:
<meta http-equiv="Content-Type" content="text/html;charset=windows-1251">
- Sahifa uchun kalit so’zlarni belgilab berish (sayt optimizatsiyasi uchun ishlatiladi):
<meta http-equiv="KEYWORDS" content="teg, html tuzilishi, sahifa nomi">
- sahifaning qisqacha mazmunini yozish:
<meta http-equiv="DESCRIPTION" content="HTML tuzilishi va sahifa nomi elementlari">
Meta tegi yana bir qator xususiyatlarga ega. <meta> tegining parametrlari
http-equiv – tegning hususiyatini bildiradi (content turi, kalit so’zlar, tasnif-qisqacha mazmun va xk)
name – tegni qo’shimcha tavsiflash uchun ishlatiladi. agar u bo’lmasa http-equiv ga teng.
content – http-equiv parametrining mazmuni.
Misol:
<html>
   <head>
     <title>HTML tuzilishi</title>
     <base href="http://www.my_site.uz/">
     <link rel="stylesheet" type="text/css" href="style.css">
     <meta http-equiv="Content-Type" content="text/html;charset=windows-1251">
     <meta http-equiv="KEYWORDS" content="teg, html, sahifa nomi">
     <meta http-equiv="DESCRIPTION" content="Sahifa nomi elementlari">
   </head>
   <body>
        Hujjat matni
   </body>
</html>

  Script

<script>   </script> teglari tashqi script fayllarni ulash uchun ishlatiladi. Bu sahifa kodini optimizatsiya qilish imkonini beradi. Masalan, sahifalaringizning ko’p qismi uchun java script ishlatadigan bo’lsangiz, bu funksiyalarni alohida function.js sahifasiga joylashtirsangiz <script> tegi orqali mazkur sahifaga yo’lni ko’rsatib qo’yish mumkin.
Bu kodni o’qishni yengillashtiradi va sahifa yuklanishini yengillashtiradi. Bu tegning bir nechta parametrlari bor.
language – scriptni yozish tilini belgilab beradi. HTML 4.0 da bu parametrni ishlatish tavsiya etilmaydi, uning o’rniga type parametri ishlatiladi.
type – tilning MIME turini bildiradi.
src – scriptlar joylashgan tashqi fayl manzilini ko’rsatadi.

Misol:

<html>
   
   <head>
     <title>HTML tuzilishi</title>
     <base href="http://www.my_site.uz/">
     <link rel="stylesheet" type="text/css" href="style.css">
     <meta http-equiv="Content-Type" content="text/html;charset=windows-1251">
     <meta http-equiv="KEYWORDS" content="teg, html, sahifa nomi">
     <meta http-equiv="DESCRIPTION" content="Sahifa nomi elementlari">
     <script type="text/javascript" src="function.js">
     </script>

   </head>
   <body>
        Hujjat matni
   </body>
</html>

Комментариев нет:

Отправить комментарий